SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yoshlar bilan uchrashuv doirasida V Respublika Yoshlar forumi g‘oliblari taqdirlandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Yoshlar bilan uchrashuv doirasida V Respublika Yoshlar forumi g‘oliblari taqdirlandi
Yoshlar bilan uchrashuv doirasida V Respublika Yoshlar forumi g‘oliblari taqdirlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Yoshlar kuni munosabati bilan filial direktori va talabalar o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Tadbir filial direktori A.Esimbetov tomonidan olib borildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ilmiy izlanishlari, ijodiy salohiyati hamda ijtimoiy faolligi, shuningdek respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ayniqsa, Samarqand shahrida tayanch o‘quv yurtimiz tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etilgan V Respublika Yoshlar forumida faol ishtirok etib, turli yo‘nalishlarda g‘oliblik va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan iqtidorli hamda tashabbuskor talabalar filial rahbariyati tomonidan munosib tarzda taqdirlandi. Shuningdek, respublika miqyosidagi nufuzli tanlov va loyihalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan 1-kurs magistranti Sh.Qarlibaeva ham alohida e’tirof etildi. U uchrashuv davomida talaba-yoshlarga startap loyihalarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda innovatsion g‘oyalarni shakllantirish bo‘yicha o‘z tajribasi va taqdimotini taqdim etdi. Tadbir davomida bildirilgan fikr va tashabbuslar yoshlarning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni zamonaviy g‘oyalar sari yo‘naltirish hamda startap ekotizimini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun yangi maqsad va aniq rejalarni belgilab oldilar.