SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Yangi aloqalar — yangi imkoniyatlar: filial xalqaro hamkorlikda faol pozitsiyani mustahkamlamoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Yangi aloqalar — yangi imkoniyatlar: filial xalqaro hamkorlikda faol pozitsiyani mustahkamlamoqda
Yangi aloqalar — yangi imkoniyatlar: filial xalqaro hamkorlikda faol pozitsiyani mustahkamlamoqda
Qadimiy va betakror Samarqand zamini yana bir yirik xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjumanga mezbonlik qildi. Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar zamonaviy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur kongress doirasida 50 dan ortiq o‘zaro anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgani uning keng qamrovli va strategik ahamiyatini yaqqol namoyon etadi. Tadbirda respublika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida SamarqanYangi aloqalar — yangi imkoniyatlar: filial xalqaro hamkorlikda faol pozitsiyani mustahkamlamoqdad davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori, professor A.Esimbetov ham faol ishtirok etdi. “O‘zbekiston va Polsha III rektorlar forumi” doirasida olib borilgan muzokaralar samarali natijalar bilan yakunlandi. Xususan, filial bilan Polshaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Krakov qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ilmiy integratsiya, akademik mobillik va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Mazkur universitet Yevropa ilmiy-ta’lim makonida o‘ziga xos o‘rin egallagan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni izchil rivojlantirayotgan nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida Erasmus+ dasturlari asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi. Mazkur hamkorlik talaba va professor-o‘qituvchilarning xalqaro ta’lim makoniga uyg‘un integratsiyalashuvini ta’minlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro muloqotda hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Ilm-fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari muhokamaning asosiy yo‘nalishlariga aylandi. Mazkur kongress xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda global miqyosdagi dolzarb muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etuvchi xalqaro ilmiy jarayon sifatida tarixda muhim voqea sifatida qayd etildi.