Filial talabalari V Respublika yoshlar forumida yorqin g‘alabalarni qo‘lga kiritdi
Necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va ilm-ma’rifat beshigi bo‘lgan Samarqand zamini Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan V Respublika yoshlar forumiga yana bir bor mezbonlik qildi. Mazkur forum bu yil ham o‘ziga xos shukuh va yuksak kayfiyatda tashkil etilib, yoshlar uchun nafaqat bilim va tajriba maydoni, balki yangi g‘oyalar, ilhom va ijodiy yuksalish makoniga aylandi.
Ushbu nufuzli tadbir mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.
Forumda Nukus filiali direktori A.Esimbetov rahbarligida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etib, filial jamoasi o‘zining bilim, salohiyat va uyushqoqligi bilan barcha yo‘nalishlarda munosib natijalarni qo‘lga kiritdi.
Forum doirasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, intellektual bellashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari bilim va iqtidorni namoyon etish uchun keng maydon bo‘lib xizmat qildi. Nukus filiali talaba-yoshlari esa barcha yo‘nalishlarda faol ishtirok etib, qator faxrli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan, “Munozara” intellektual o‘yinida 1-o‘rin, rasmlar tanlovida 1-o‘rin, teatr studiyasi tanlovida 2-o‘rin, “Balli qizlar” tanlovida 2-o‘rin, insholar tanlovida 2-o‘rin, voleybol musobaqasida 2-o‘rin, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha 3-o‘rin, kitobxon talaba tanlovida 3-o‘rin hamda startap loyihalar tanlovida 3-o‘rin qayd etildi.
Fan olimpiadalarida ham filial talabalari yuqori natijalarga erishdi: biologiya fanidan 1-o‘rin, hayvonlar genetikasi va biotexnologiya fanidan 2-o‘rin, ichki yuqumsiz kasalliklar fanidan 2-o‘rin, genetika fanidan 2-o‘rin, operativ jarrohlik fanidan 2-o‘rin, veterinariya zoologiyasi fanidan 2-o‘rin, fotofiziologiya fanidan 3-o‘rin qo‘lga kiritildi.
Ayniqsa, talabalarning fan, sport va ijod yo‘nalishlarida bir vaqtning o‘zida yuqori natijalarga erishgani filialda yoshlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Umuman olganda, V Respublika yoshlar forumi Nukus filiali uchun muhim muvaffaqiyatlar maydoniga aylandi. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur forumning 4-respublika bosqichi o‘tgan yil aprel oyida ham filialda juda yuqori saviyada tashkil etilgan edi. Mazkur tadbir filial Axborot xizmati tomonidan respublika ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi va jamoatchilik tomonidan katta e’tiborga sazovor bo‘ldi.





скачать dle 12.1