DIQQAT E’LON! RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali 2026-yil 25-aprel kuni “Orolbo‘yi mintaqasida veterinariya hamda chorvachilikda zamonaviy innovatsion yechimlar: imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasining “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasida veterinariya va chorvachilik sohalarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan dolzarb ilmiy platforma hisoblanadi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, sohadagi mavjud muammolarni ilmiy asosda tahlil qilish hamda istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirishdan iborat.
O‘tkazilish manzili:
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Utepov ko‘chasi 31-uy (indeks 230100)
Maqolalar qabul qilish muddati: 20-aprelga qadar.
Konferensiya sho‘balari:
Veterinariya amaliyotida innovatsion diagnostika va terapevtik yondashuvlar.
Oziq-ovqat bioxavfsizligi va agroinnovatsion texnologiyalar.
Chorvachilikda genetik seleksiya, biotexnologiya va oziqlantirish tizimlari.
Chorvachilik tarmog‘ida iqtisodiy barqarorlik va samarali boshqaruv mexanizmlari.
Maqola nashr etish to‘lovi: 100 000 so‘m
Murojaat uchun: Telegram: +998913068270 (Mambetnazarov Amangeldi)
MUHIM TALABLAR:
Maqolalar 3–7 bet hajmda bo‘lishi kerak.
“Times New Roman”, 14 shrift.
Kirill yoki lotin alifbosida qabul qilinadi.
1,5 oraliq, belgilangan maydonlarga rioya etilishi shart.
Maqola tahlil, ilmiy asos va dalillarga ega bo‘lishi lozim.
Jadval, grafik va rasm bilan tasdiqlangan bo‘lishi tavsiya etiladi.
Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida topshirilishi mumkin.
Eslatma: yuborilgan maqolalar tahrir qilinmaydi va mualliflik javobgarligi to‘liq muallif zimmasida bo‘ladi.
скачать dle 12.1