SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Samarqandda V Respublika Yoshlar forumi faol davom etmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Samarqandda V Respublika Yoshlar forumi faol davom etmoqda
Samarqandda V Respublika Yoshlar forumi faol davom etmoqda
Qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida start olgan V Respublika Yoshlar Forumi o‘zining jonli va mazmunli dasturi bilan diqqat markazida bo‘lib turibdi. Forum doirasida ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, sport musobaqalari keng ko‘lamda tashkil etilgan. Shular qatorida, sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Qo‘mita Raisi Kubogi” musobaqasida filial talabalari ham faol ishtirok etib, bilim va mahoratlarini namoyish qilmoqdalar. Musobaqa do‘stona raqobat va sport ruhi bilan kechib, har bir ishtirokchiga ilhom bag‘ishlamoqda. Bundan tashqari, forum ishtirokchilari nafaqat sport, balki ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda ham faol qatnashib, ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish, yangi do‘stlik va g‘oyalarni almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shu orqali forum yoshlarga boy va mazmunli hayotiy tajribalar maydonini taqdim etmoqda. V Respublika Yoshlar Forumi davomida talabalarda hamjihatlik, do‘stlik va o‘zini namoyish etish ruhini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir yoshlarni milliy qadriyatlarimizni qadrlash va hamjamiyat bilan yanada yaqinlashishga undaydi. Axborot xizmati