SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
V Respublika Yoshlar forumi ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » V Respublika Yoshlar forumi ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi
V Respublika Yoshlar forumi ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi
Xabar berib borayotganimizdek, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida tayanch o‘quv yurtimiz tashabbusi bilan yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda start olgan V Respublika Yoshlar Forumining ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Universitet rektori, professor X.Yunusov tadbirni ochib berib, barcha ishtirokchilarni ushbu nufuzli forum bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga, marosimda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati, boshqa nufuzli mehmonlar hamda filial direktori A.Esimbetov nutq so‘zlab, navbatdagi 5-forumning o‘zining katta yutuqlari va unutilmas xotiralari bilan qalblarga chuqur iz qoldirishini tilashdi. A.Esimbetov o‘z nutqida hamjihatlikning ahamiyatini alohida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarni bir jamoa sifatida birlashtirganligini e’tirof etdi va tashkilotchilarga chuqur minnatdorchiligini bildirdi. Ochilish marosimi fayzli va iliq atmosferada o‘tib, forum ishtirokchilari uchun esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, do‘stlik va hamjihatlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan chuqur taassurotlar uyg‘ondi. Forumning eng qiziqarli va jonli fursatlarini kuzatib borish uchun bizning rasmiy kanal va sahifalarimizni kuzatishni davom eting.