V Respublika Yoshlar Forumi doirasida sumalak sayli – milliy ramzi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan V Respublika yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan sumalak sayli milliy qadriyatlar va mehr-oqibat ramzi bo‘ldi.
Forumda rektor X.Yunusov hamrohligida, nufuzli mehmonlar bakrakali doshqozon boshida jam bo‘lib, sumalakni tatib ko‘rishdi va elimiz tinchligi hamda osoyishtaligini tilab, ezgu niyatlarini bildirishdi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining ma’naviy qadriyatlarini namoyish etib, milliy urf-odatlarga hurmat va mehr bilan yondashishdi.
Shuningdek, direktor A.Esimbetov boshchiligida Nukusdan tashrif buyurgan filial jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, o‘zlarining pok niyatlarini bildirgan holda, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari orasidagi birodarlik va og‘izbirchilikning bardavom bo‘lishini tilashdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar birgalikda milliy an’analarni qadrlash, do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan samimiy fikrlarni almashishdi.
Forumning ushbu marosimida mehmonlar va yoshlar birga turib, sumalak atrofida do‘stlik va birlik ramzini yaratdilar.
Bu tadbir milliy qadriyatlarimizning jonli namoyishi hamda kelajak avlodlar uchun mehr, birlik va hamjihatlik darsidir. Har bir ishtirokchi yuragida milliy g‘urur va ezgu niyatlar yanada mustahkamlandi, va ushbu samimiy lahzalar butun forum davomida iliqlik va xotirjamlik ruhini taratdi.




Axborot xizmatiскачать dle 12.1