SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filial jamoasi Qoraqalpoq milliy qadriyatlarini forumda namoyish etmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filial jamoasi Qoraqalpoq milliy qadriyatlarini forumda namoyish etmoqda
Filial jamoasi Qoraqalpoq milliy qadriyatlarini forumda namoyish etmoqda
Tarixiy va jozibador Samarqand shahrida ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan V Respublika yoshlar forumi doirasidagi tadbirlar filial jamoasi va talaba-yoshlarini alohida ruhlantirdi. Ular forum jarayonida faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish bilan birga, Qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini ham amalda namoyish qilmoqdalar. Filial talabalari milliy liboslarni kiyib, jonli ishtiroki va tashabbuslari orqali Qoraqalpoq xalqining an’anaviy qadriyatlarini aks ettirdilar. Ularning bu faoliyati jamoaviy ruhni oshirdi hamda yoshlar orasida madaniy merosimizni qadrlash va uni saqlash zarurligini yana bir bor namoyon qildi. Forum davomida filial jamoasi o‘ziga xos ijodiy yondashuvlari, faol ishtiroki va madaniy namoyishlari bilan barcha qatnashchilar e’tiborini tortdi. Tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi va barcha yoshlar uchun ilhom motivatsiya bo‘moqda. Biz sizlarga forumning jonli, iliq va ko‘tarinki atmosferasini astoydil yetkazishga harakat qilmoqdamiz. Har bir yosh o‘zini erkin his qilib, yangi bilim hamda tajriba bilan boyimoqda. Shu orqali biz sizlarga forum muhitini rasmiy manbalar orqali yetkazib berishga intilamiz. Bizni kuzatishni davom ettiring!