SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Samarqandda V Respublika yoshlar forumi start oldi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Samarqandda V Respublika yoshlar forumi start oldi
Samarqandda V Respublika yoshlar forumi start oldi
Tayanch o‘quv yurtimiz — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan V Respublika yoshlar forumi bugun o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu nufuzli tadbir qadimiy va navqiron, boy tarix hamda betakror me’moriy obidalari bilan dunyoga mashhur Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda. Forumda ishtirok etish maqsadida Nukus filialidan direktor A.Esimbetov rahbarligida tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar samimiy ruhda, yuksak ehtirom bilan kutib olindi. Bu jarayon hududlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va milliy qadriyatlarimizning uzviy davom etayotganidan dalolat beradi. Forum doirasidagi dastlabki tadbirlar milliy sayl ruhida boshlandi. Unda ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitida faol qatnashib, milliy an’ana va qadriyatlarimizni keng targ‘ib etdilar. Filial jamoasi ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, jamoaviylik va birdamlikning yorqin namunasini namoyon etmoqda. Mazkur forum yoshlar uchun muloqot maydoni, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surish imkonini beruvchi platforma sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Turli uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bilim va salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.