Samarqand bag‘rida V Respublika Yoshlar forumi boshlandi
Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy tadbirlardan biri – V Respublika Yoshlar forumi bu yil ham yuksak saviyada, qadimiy va betakror Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli forumda ishtirok etish maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari “yer yuzining sayqali” deya e’tirof etilgan ushbu muazzam maskanga yetib bordilar.
Nukusdan tashrif buyurgan mehmonlar tarix nafasi ufurib turgan, buyuk sivilizatsiyalar chorrahasiga aylangan bu shaharda iliq va samimiy muhitda, yuksak ehtirom bilan kutib olindi. Bu esa yurtimizga xos mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik va insoniy qadriyatlarning yana bir yorqin ifodasidir.
Forum doirasida yoshlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan turli uchrashuvlar, ochiq muloqotlar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Shubhasiz, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand bag‘rida o‘tayotgan mazkur forum yoshlarning bilim va salohiyatini yangi bosqichga olib chiqib, ularni ulkan marralar sari ilhomlantiradi.





Axborot xizmati
скачать dle 12.1