DIQQAT E’LON!
*DIQQAT E’LON!*
Filialimiz talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 118-son buyrug‘iga muvofiq, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish orqali siz:
* o‘z ilmiy va ijodiy salohiyatingizni namoyon etasiz;
* iqtidorli yoshlar safidan o‘rin egallaysiz;
* nufuzli mukofot sohibiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Tanlovning dastlabki saralash bosqichi test sinovlari asosida o‘tkaziladi.
Muhim muddatlar:
* Dastlabki saralash bosqichi – test savollari asosida (1 kun ichida o‘tkaziladi)
* 12-aprelga qadar–asosiy bosqich uchun nomzodlarning ilmiy-ijodiy ishlari qabul qilinadi
Eslatma: Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar tanlovning asosiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha iqtidorli va tashabbuskor talabalarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Batafsil ma’lumot uchun Filial iqtidorli talabalari ilmiy tatqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi A.Janabaevga Telefon +998(99)459-55-10 yoki fakultet dekanatiga murojaat qiling.
скачать dle 12.1