Konstitutsiya – barqaror taraqqiyotning huquqiy poydevori
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda filial rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Ibragimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasining katta yordamchisi I.Mustafayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi, podpolkovnik B.Matekeev, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangrashi bilan boshlandi.
Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib berib, yig‘ilganlarni ushbu muhim sana bilan tabrikladi. U o‘z nutqida Konstitutsiya davlat va jamiyat hayotining mustahkam huquqiy asosi ekanini, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni beqiyosligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaning qonun ustuvorligini ta’minlashdagi ahamiyati, jamiyatda barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rni hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi strategik ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, yoshlarni huquqiy ong, siyosiy tafakkur va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etildi.
Ayniqsa, tadbirda talaba-yoshlarning faol ishtiroki, ularning mazmunli savollari va erkin fikrlari yosh avlodning siyosiy jarayonlarga ongli munosabati shakllanayotganini ko‘rsatdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga hurmat, qonun ustuvorligiga sadoqat va Vatan taqdiriга daxldorlik tuyg‘ulari yanada chuqur anglangani, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy muloqotlar yoshlar ongida mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd qilindi.






скачать dle 12.1