Filial axborot xizmati rahbari tarixiy media haftalikda faol ishtirok etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi so‘nggi kunlarda mamlakatimiz axborot makonining eng faol nuqtalaridan biriga aylandi. Aynan shu hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan tarixiy media haftalik boshlangan bo‘lib, u hududiy va respublika miqyosidagi media sohasi vakillarini bir maydonga jamladi. Orolbo‘yi bugun yangi g‘oyalar, zamonaviy yondashuvlar va media tajriba almashinuvi uchun muhim maydonga ega bo‘ldi.
Haftalik davomida media sohasi vakillari uchun turli seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda axborot xizmatlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar hamda kont
ent yaratuvchilar bir maydonga jam bo‘lib, zamonaviy yondashuvlar, yangi formatlar va auditoriya bilan ishlash uslublari yuzasidan fikr almashdi.
Mazkur yirik media haftalikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova ham faol ishtirok etdi. U televizion kanallar va boshqa OAVga bergan intervyularida uchrashuvlar mazmun jihatdan boy, amaliy jihatdan foydali o‘tganini, berilgan bilimlar bugungi axborot makoni talablariga mos kelishini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday loyihalar soha vakillari uchun o‘z ustida ishlash, tajriba orttirish va yangicha qarashlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Haftalik yakunida barcha faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi. Shu jumladan, Z.Xojamuratova ham o‘z faol ishtiroki va kasbiy yondashuvi uchun taqdirlandi.
Ta’kidlash joiz, Z.Xojamuratova bundan avval ham xorijiy mutaxassislar jalb etilgan seminar va treninglarda faol qatnashib, o‘z bilim va tajribasini izchil rivojlantirib kelmoqda.







скачать dle 12.1