“Talabalar bahori” doirasida ilhomga to‘la she’riyat kechasi
Joriy yilning 2-aprel kuni Nukus shahrida “Talabalar bahori” festivali boshlandi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham turli madaniy va ijodiy tadbirlar tashkil etildi.
Festival doirasida o‘tkazilgan “She’riyat kechasi” alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, unda talaba-yoshlar she’riyatga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy qarashlarini namoyon etdilar. Kechaga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Maqset Matekov mehmon sifatida tashrif buyurdi.
U o‘z ijodidan namunalar o‘qib, yoshlarga ilhom bag‘ishladi, adabiyot haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Paluaniyazov ochib berdi. U o‘z so‘zida bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Kechada talabalarning chiqishlari, she’r o‘qishlari va ijodiy namoyishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni fikrlashga, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarishga undaydi, adabiyotga mehrini yanada mustahkamlaydi. Mazkur kecha ishtirokchilar qalbida iliq taassurotlar qoldirib, festival atmosferasini yanada jonlantirdi.






скачать dle 12.1