Filialda navbatdagi 8-sonli filial Kengashi bo‘lib o‘tdi
Filialda navbatdagi 8-sonli filial Kengashi bo‘lib o‘tdi
Filialning 8-sonli Kengashi yuqori saviyada va puxta tashkil etilgan holda o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga muvofiq, professor-o‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilindi.
Shuningdek, filialda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda tegishli vazirliklar buyruqlari, Hay’at va filial Kengashi qarorlarining ijrosi, shuningdek, ijro intizomiga rioya etilish holati atroflicha tahlil qilindi.
Bundan tashqari, filialning 2025–2026 o‘quv yili birinchi semestr yakunlari, talabalarning darslarga qatnashish ko‘rsatkichlari hamda o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha hisobot tinglandi.
Yig‘ilish davomida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularni amalga oshirish mexanizmlari aniq belgilab olindi.

скачать dle 12.1