Kiberxavfsizlik va zamonaviy tahdidlar bo‘yicha profilaktik uchrashuv
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kiberjinoyatchilik va zamonaviy kiber tahdidlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir internet tarmoqlari orqali s odir etilayotgan jinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassisi, katta leytenant A.Xodjayev, filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Paluaniyazov ochib berib, bugungi kunda kiberxavfsizlik masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganini, ayniqsa yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhim ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning keng tarqalgan turlari, xususan, phishing, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish holatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va turli internet platformalarida uchrayotgan xavf-xatarlar, ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirildi.
Ishtirokchilarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ishonchsiz havolalardan foydalanmaslik, noma’lum manbalardan kelgan xabar va takliflarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi tushuntirildi. Shu bilan birga, kiberjinoyatlarga duch kelganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi. Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlikka oid bilim va ko‘nikmalarni oshirish, internet makonida xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratildi.




скачать dle 12.1