Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Yoshlar kuni” doirasida “Direktor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv filial direktori A.Esimbetov boshchiligida ochiq va samimiy muloqot tarzida olib borildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi. Ayniqsa, yoshlarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi rejalari haqida ochiq va samimiy suhbatlar tashkil etildi. Rahbariyat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakulteti talaba-yoshlaridan iborat “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur loyiha ishtirokchilari tomonidan talabalarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilib, ularning huquq va majburiyatlari, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, filial yuristkonsulti N.Kannazarova ham tadbirda faol ishtirok etib, yoshlar uchun huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan muhim tavsiya va tushuntirishlarini berdi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.




скачать dle 12.1