“Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali

“Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan 9-sonli topshiriqlar bayonining 24-bandida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga texnika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida mukofot jamg‘armasi 100 million so‘m bo‘lgan “Oliygoh kubogi” tanlovini o‘tkazish vazifasi belgilangan. Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 432–sonli buyrug‘i tasdiqlandi. Mazkur buyruqqa muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab har yilning mart oyida texnika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida mukofot jamg‘armasi 100 million so‘m bo‘lgan “Oliygoh kubogi” tanlovi tashkil etish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, joriy yilning 28-30 aprel kunlari “Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali doirasida 8 ta xalqaro musobaqa, respublika miqyosida 26 ta mahalliy musobaqalar, shuningdek, muhandislik sohasidagi ishlanmalar va texnologiyalar koʻrgazmasi, iqtidorli yoshlar oʻrtasida dronlar, robotlar, aviamodellar boʻyicha musobaqa va tanlovlar tashkil etilmoqda (musobaqalar ro‘yxati ilovada). Shu munosabat bilan, “Oliygoh kubogi” tanlovi doirasida ilovada keltirilgan musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishingizni hamda “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida talabalarni faol ishtirokini ta’minlashingizni so‘raymiz. Festivalning rasmiy sayti: https://km.edu.uz/uz
скачать dle 12.1