Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi Ommaviy sport turlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Qudiyarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Stol tennisi federatsiyasi ijrochi direktori B.Shiyshenbaev, Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasining ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B.Narmanov hamda filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari X.Abdijaliyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka undash hamda ommaviy sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar. Mutasaddilar tomonidan yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda ommaviy sport musobaqalarini keng yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportga qiziqishni yanada kuchaytirish hamda yoshlarni jismonan sog‘lom va faol bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
скачать dle 12.1