DIREKTOR MUROJAATI

DIREKTOR MUROJAATI
Hurmatli professor-o’qituvchilar, aziz talabalar va filial jamoasi!
Joriy yilning 24 fevral kuni «Ko’ksaroy» qarorgohida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimizda yoshlar siyosati, ta’lim va tadbirkorlikni rivojlantirishda mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu tarixiy muloqot Yangi O’zbekiston taraqqiyotida ilm-fan, innovatsiya va yoshlar tashabbusini asosiy «drayver» sifatida belgilab berdi.
Bu vazifalar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali jamoasi oldiga ham aniq, tizimli va amaliy chora-tadbirlarni kechiktirmasdan amalga oshirish mas’uliyatini yuklaydi. Shu munosabat bilan filialimizda quyidagi strategik yo’nalishlar bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqildi:
1. «Kelajak tadbirkori» – yosh veterinar va chorvadorlar ekotizimi
Filial huzurida «Agrovet Start-up Hub» innovatsion markazi tashkil etiladi. U quyidagi yo’nalishlarda faoliyat yuritadi:
•Qo’shimchalar (vitaminlar, minerallar, premikslar) asosida omuxta yem ishlab chiqarish;
•Zamonaviy laboratoriya diagnostikasi va molekulyar usullar;
•veterinariya klinikalari uchun IT-platformalar.
Markaz doirasida:
•Biznes-inkubatsiya dasturi (6 oylik akseleratsiya);
•Investorlar kuni (Demo Day);
•Startaplar uchun grant tanlovlari;
2. Qoraqalpog’iston Respublikasining olis chorvachilikga moslashtirilgan rayonlarida zamonaviy zoovetservis tarmog’ini rivojlantirish
Hududiy veterinariya xizmatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
•Mini-laboratoriyalar va mobil diagnostika punktlarini tashkil etish;
•Shekka hududlarda xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Xalqaro sertifikatga ega va xorijiy tillarni biladigan talabalarimizga loyiha hujjatlarini tayyorlash, grantlarga ariza berish, investitsiya jalb qilish va huquqiy ro’yxatdan o’tkazish jarayonlarida amaliy yordam ko’rsatiladi.
3. Moliyaviy qo’llab-quvvatlash va institut kafilligi mexanizmi
«O’zbekiston Milliy banki» bilan hamkorlikda:
•Imtiyozli kredit liniyalari;
•«Institut kafilligi» asosida yosh tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash;
•Loyihalarning iqtisodiy samaradorligini ekspertiza qilish tizimi joriy etiladi.
Filialda «Agro-Consulting Center» faoliyati kuchaytirilib, har bir talabaning g’oyasi iqtisodiy asoslangan loyihaga aylantiriladi.
4. «Mening birinchi kasbim» – dual ta’lim va sertifikatlash tizimi
Yirik agroklasterlar, parrandachilik va baliqchilik xo’jaliklari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz. Endilikda bitiruvchilar:
•Davlat namunasidagi diplom;
•Kamida bitta amaliy tor ixtisoslik sertifikati (sun’iy urug’lantirish ustasi, UZI diagnostikasi mutaxassisi, laboratoriya tahlilchisi va h.k.);
•Real ish stajiga ega bo’lgan holda o’qishni tamomlaydilar.
Amaliyot davrida talabalar mehnatiga haq to’lash va ish beruvchi tomonidan ishga joylashish kafolati mexanizmlari ishlab chiqiladi.
5. Ilm-fan, innovatsiya va ish o’rinlari yaratish
Filial qoshida:
•«Spin-off» innovatsion korxonalari;
•Biologik faol qo’shimchalar (vitaminlar, minerallar, premikslar) asosida omuxta yem ishlab chiqarish laboratoriyalari;
Xalqaro hamkorlik doirasida qo’shma ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik dasturlari va xorijiy ilmiy markazlarda stajirovkalar tashkil etiladi.
6. Raqamli transformatsiya va boshqaruvning shaffof tizimi
•«Elektron universitet» platformasi;
•Ilmiy loyihalarning onlayn monitoringi;
•Startap va grantlarni raqamli baholash tizimi;
•Ta’lim sifatini xalqaro reytinglar talablari asosida baholash joriy etiladi.
7. Yosh olimalar va xotin-qizlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash
•Ilmiy grantlar olish uchun ko‘maklashish;
•Liderlik va tadbirkorlik treninglari;
•Zooinjeneriya sohasida xotin-qizlar uchun startap dasturlari tashkil etiladi.
Aziz yoshlar! Sizning har bir innovatsion g’oyangiz mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi, sog’lom chorvachilik va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bizning vazifamiz sizga nafaqat bilim berish, balki ish o’rni yaratish, sizni tadbirkorga aylantirish, ilmiy maktab shakllantirish va xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassis etib tarbiyalashdir.
Biz birgalikda Qoraqalpog’istonda veterinariya va chorvachilik sohasida mintaqaviy innovatsion markaz yaratamiz. Kelajagimiz poydevori bo’lgan Yangi O’zbekistonni yuksak bilim, ilmiy salohiyat va zamonaviy texnologiyalar asosida birgalikda bunyod etamiz!
Hurmat bilan,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori,
biologya fanlari doktori, professor Esimbetov A.T.скачать dle 12.1