SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Karyera kuni” » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida “Karyera kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda filial rahbariyati, yoshlar vakillari hamda «O‘zmilliybank» AJning «Kelajakka qadam» markazi mutaxassislari ishtirok etib, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida imtiyozli kreditlar, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish mexanizmlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.