Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha...
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar ishtirokida profilaktik yig‘ilish tashkil etildi
💠Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari X.Abdijaliyev rahbarligida mas’ul xodimlar, tyutorlar hamda guruh rahbarlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
💠Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan xodimlarning faoliyatini yanada kuchaytirish, talabalar orasida turli salbiy holatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
💠Xususan, narkomaniya, ichkilikbozlik, tamaki mahsulotlaridan foydalanish kabi zararli illatlarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, ularning kelajagiga jiddiy xavf tug‘dirishi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bunday illatlarga qarshi tizimli targ‘ibot ishlarini olib borish, tushuntirish va profilaktika tadbirlarini muntazam tashkil etish zarurligi qayd etildi.
💠Shuningdek, yoshlarni turli zararli g‘oyalar va noto‘g‘ri axborotlardan himoyalash, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot oqimlaridan ongli va to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish davomida tyutorlar va guruh rahbarlariga talabalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
💠Tadbir yakunida bunday ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilishlarni muntazam o‘tkazib borish yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
скачать dle 12.1