“Buyuk Devor” stipendiyasi

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2026-yil 12-yanvardagi 359-6/25-sonli xatiga muvofiq YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining 2026/2027- o‘quv yiliuchun “BuyukDevor” stipendiyasiga tanlovieʼlon qilingan. Ushbu stipendiyalar dasturidoirasida XXR oliytaʼlim muassasalarida tadqiqotchi(45 yosh), yetakchi tadqiqotchi (50 yosh)lar uchun bir yillik malaka oshirish kurslari,
magistratura (35 yosh) hamda doktorantura (40 yosh) uchun bir yillik o‘quv kurslari
tashkil etiladi.Tanlov g‘oliblarining xalqaroaviachipta va Xitoydao‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi. Tanlovda ishtiroketishni istagan nomzodlaroliy taʼlim muassasasibilan kelajakda o‘z faoliyatini bog‘lashga intilgan stajor-tadqiqotchi, yosh o‘qituvchilar orasidan tanlab olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Nomzodlar magistr darajasiga (ba’zi sohalaruchun bakalavr darajasiga)ega bo‘lishi vaingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi. Tanlab olingan nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2 nusxada to‘ldirishlari kerak:
- maxsusariza varaqasi onlayntarzdahttp://www.csc.edu.cn/studyinchina
veb sahifasida to‘ldirilishi kerak (uning 2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdim etiladi);
- diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining
tasdiqlangan nusxasi va tarjimasi (notarial tasdiqlangan nusxasi, ingliz tiliga tarjima
qilingan holda);
- Xitoyuniversitetlarining biridan kelgantaklifnoma (agar oldindanushbu
universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa);
- nomzodningilmiy faoliyati bilanyaqindan tanish bo‘lgan2 nafar
professor(olim)lar tavsiyanomasi (ingliz tilida);- stipendiyauchun taqdim etilayotganilmiy tadqiqot loyihasi
(500 so‘zdan iborat, ingliz tilida);
- ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
- tibbiy maʼlumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo‘yicha)
Mazkur dasturdaqatnashayotgan Xitoy oliytaʼlim muassasalari vataʼlim
sohalari bo‘yichamaʼlumot bilan quyidagielektron sahifasi orqalitanishish
mumkin:
http://www.campuschina.org/universities/index.html
Ushbu tanlovdaishtirok etish uchunoliy taʼlim muassasalaritomonidan
ko‘rsatilgan vakillarqatoridan 2 nafar nomzodtanlab olinadi va “Buyuk devor”stipendiyasiga tavsiya etiladi.
qoʻshimcha ma’lumotlar +998(93) 767- 68- 77
+998(99) 459-55-10
скачать dle 12.1