SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Nukus filiali va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Nukus filiali va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Nukus filiali va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida xorijiy nufuzli universitetlar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyat jarayonlariga ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda xalqaro miqyosda ilm-fan aloqalarini kengaytirish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali delegatsiyasi direktor, professor A.Esimbetov rahbarligida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjong Uyg‘ur avtonom rayoni markazi — Urumchi shahrida o‘tayotgan xalqaro ilmiy seminar ishida ishtirok etmoqda. Tadbir Xinjiang Agricultural University tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlarining qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida ilmiy hamkorligini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan. Seminarning tantanali ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda Xitoy ilmiy jamoatchiligi ishtirok etdi. Marosimda so‘zga chiqqan filial direktori, professor A.Esimbetov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ayniqsa ta’lim va ilmiy sohalardagi hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. U o‘z chiqishida Urumchida tashkil etilgan bu kabi uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Seminar doirasida qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, hayvonlar salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyalar yo‘nalishidagi ilmiy mavzular muhokama qilinmoqda. Ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashuv sessiyalari va laboratoriya ko‘rgazmalari ham tashkil etilgan. Nukus filialining mazkur tashrifi O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.