Veterinariya sohasidagi ilmiy hamkorlik yangi bosqichda
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil uchun yo‘l xaritasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida sohaviy malaka va tajriba almashuvga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar Samarqand veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator tumanlaridan tashrif buyurgan mas’ul veterinariya shifokorlari, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar, shuningdek filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.
Seminarning asosiy maqsadi — veterinariya sohasidagi ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy tashxis va profilaktika usullarini keng qo‘llash hamda mutaxassislar malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida laboratoriya mutaxassislari hayvonlar kasalliklarini erta aniqlash, ularning oldini olish va samarali davolash bo‘yicha ilg‘or usullar haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shu bilan birga, parranda, quyon, baliq va asalari fermalarida kuzatilayotgan infeksion kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda biotexnologik yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Seminar ishtirokchilari mazkur tadbir orqali nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, sohaviy innovatsiyalar va tajriba almashuvni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.
Filialda o‘tkazilgan mazkur tadbir veterinariya tizimida ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.







скачать dle 12.1