Qizlarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish – jamiyat taraqqiyotining muhim omili
Bugungi kunda yoshlarning, ayniqsa, qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli hayotiy xatarlardan, tazyiq va bosimlardan himoya qilish, shuningdek, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash masalasi jamiyat e’tiboridagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Shu maqsadda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletova, fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Muratbayeva hamda filial psixologi M.Allamuratova ishtirok etishdi.
Talaba-qizlarga ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning turlari, himoya orderining berilish tartibi, shuningdek, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berishdi. Uchrashuv davomida qizlarning o‘zini jamiyatda tutish madaniyati, odob-axloq me’yorlariga amal qilish, o‘z qadr-qimmatini asrab-avaylash, to‘g‘ri muhitni tanlay bilish hamda shaxsiy mas’uliyatni chuqur his etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ular o‘z fikrlarini bemalol bayon etishdi, turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari ta’kidlashicha, bu kabi uchrashuvlar qizlarning huquqiy bilimlarini boyitish bilan birga, ularni mustaqil fikrlaydigan, madaniyatli, mas’uliyatli va hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Filialda talaba-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, eng muhimi, ma’naviy barkamol va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega yosh avlodni voyaga yetkazish yo‘lida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.




скачать dle 12.1