“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdib
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mini futbol musobaqasining final bosqichi yoshlar g‘ayrati, qat’iyat va jipslik bayramiga aylandi.
Maydon go‘yo yoshlarning orzu va g‘ayrati jo‘sh urgan maskanga aylandi. Har bir harakat, har bir uyg‘un o‘yin ortida g‘alabaga ishonch, jamoaviylik ruhi va do‘stlik kuchi namoyon bo‘ldi. Bu bellashuvlar yoshlarning sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni bardamlik, qat’iyat va yangi marralar sari ruhlantirdi.Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — 4-bosqich talabalari jamoasi,
2-o‘rin — 3-bosqich talabalari jamoasi,
3-o‘rin — 1-bosqich talabalari jamoasi.
“Besh tashabbus” tashabbuslari doirasida tashkil etilgan bu kabi sport bellashuvlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga, bir-birini qo‘llash va hamjihatlikka undashda muhim o‘rin tutadi. Zero, bugungi sport maydonida to‘p surayotgan yoshlar — ertangi sog‘lom va fidoyi avlod timsolidir.
Filialda bunday musobaqalar orqali nafaqat sport rivojlanmoqda, balki har bir talaba o‘zida g‘alabaga ishonch, mehnat va fidoyilik tuyg‘usini tarbiyalamoqda. Shu bois “Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat musobaqa, balki yoshlikning g‘ururi va harakat ramziga aylanmoqda.






скачать dle 12.1