SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol musobaqalariga start berildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol musobaqalariga start berildi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol musobaqalariga start berildi
Yurtimizda yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari izchil davom etmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham mini futbol musobaqalariga start berildi. Bellashuvlar filial talabalari o‘rtasida kurslar kesimida tashkil etilib, jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda. Musobaqalar qizg‘in, do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida kechmoqda. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, o‘zining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqda. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan mini futbol bahslari yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning irodaviy sifatlarini mustahkamlash, jamoaviylik va do‘stlik ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Filial bosqichi yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, ular keyingi — oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.