Kafedralar tomonidan tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kafedralar tomonidan tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tadbir ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, talabalarning faolligini yanada kuchaytirish hamda to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. Ochiq muloqotni “Veterinariya va zootexniya” fakulteti dekani
A. Kaniyazov ochib berdi va boshqarib bordi.
Muloqot davomida kafedralar huzurida faoliyat yuritayotgan to‘garaklarning o‘quv-amaliy ahamiyati, ularning yoshlar bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirishdagi o‘rni, shuningdek, to‘garak ishini samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Shuningdek, to‘garaklarning dolzarb mavzularda faoliyat yuritishi, fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda talabalarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Muloqot yakunida kafedralar faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Xususan, to‘garak mashg‘ulotlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘quv-metodik ishlarni takomillashtirish, talabalar ishtirokini kengaytirish va ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fakultet dekani A. Kaniyazov o‘z chiqishida shunday dedi:
“Ochiq muloqotlar — natijadorlikka eltuvchi eng samarali vositalardan biridir. Har bir kafedra o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, yangi g‘oyalar va tashabbuslar bilan chiqqani quvonarli. Asosiy maqsadimiz — talabalarning kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda ularni mustaqil fikrlaydigan mutaxassis sifatida shakllantirishdir.”
Tadbir yakunida kafedralar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha kelgusi reja va vazifalar belgilab olindi.







скачать dle 12.1