SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
She’riyat kechasi – so‘z sehrining jilosi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligining 36 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “She’riyat kechasi” doirasida she’rlar ijrosi bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlovda filialning talabalari o‘z ijodiy iste’dodlarini namoyon etib, ona tiliga, she’riyatga bo‘lgan muhabbatlarini ifoda etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan tomoshabinlarga yuksak kayfiyat ulashdilar. Tanlov natijalari: Magistrantlar o‘rtasida: 1-o‘rin — I.Tursinbayeva 2-o‘rin — D.Bekbauliyeva 3-o‘rin — I.Yuldasheva Bakalavr talabalar o‘rtasida: 1-o‘rin — M.Janabayev (205-guruh) 2-o‘rin — G.Embergenova (205-guruh) 3-o‘rin — N.Urazniyazova (204-guruh, 2-bosqich) Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar filial ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. “She’riyat kechasi” yoshlarning ma’naviy saviyasini yuksaltirish, so‘z san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda davlat tiliga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.