Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanga taklif!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali sizni xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.
Sana: 2025-yil 13-noyabr
Mavzu: “Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari”
Maqolalarni topshirish muddati: 2025-yil 3-noyabrgacha
E-mail: samvetnukusfilialikonferentsiya@mail.ru
Telegram: t.me/konfnukus
Mualliflik badali: 150 000 so‘m (maqola qabul qilingandan so‘ng to‘lanadi). (Payme yoki Click orqali).
Taqdim etilgan maqolalar sdvunf.uz rasmiy saytida to‘plam shaklida e’lon qilinadi va Google Scholar bazasida indekslanadi.
Murojaat uchun:
👤 Mambetnazarov Amangeldi — +998 91 306 82 70 (Telegram)
👤 Zinatdinov Dawlet — +998 88 835 78 78 (Telegram)
Asosiy yo‘nalishlar:
Veterinariya meditsinasi sohasidagi ilmiy yutuqlar va innovatsiyalar
Chorvachilikda seleksiya, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish
Oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlar sog‘ligini ta’minlash
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Hajmi — 3–7 bet, Times New Roman 14 shrift, 1,5 interval, A4 formatda (.doc 97–2003).
Mualliflar soni — 5 nafargacha.
O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi maqolalar lotin alifbosida yoziladi.
Barchangizni “Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari” xalqaro ilmiy-texnik anjumanida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Sizni mazmunli ilmiy muhitda kutib qolamiz!
скачать dle 12.1