SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bahslari qizg‘in tus oldi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bahslari qizg‘in tus oldi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bahslari qizg‘in tus oldi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur olimpiada doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi voleybol bellashuvlari talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Kurslar kesimida tashkil etilgan bahslarda 3-bosqich talabalari o‘zaro kuch sinashishdi. Har bir uchrashuv g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, jamoaviylik va sport ruhi bilan yodda qoldi. Musobaqa davomida talabalar o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlab, sport maydonida sog‘lom raqobat muhitini yaratishmoqda. Bahslar nafaqat g‘oliblik uchun kurash, balki bir-biridan o‘rnak olish, hamjihatlik va do‘stlikni mustahkamlash imkoniyatiga ham aylandi. Iqtisodiyot va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Q.Urazbayev mazkur jarayon yuzasidan o‘z fikrini bildirdi: “Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani quvonarli holat. Voleybol kabi jamoaviy o‘yinlar esa nafaqat jismoniy chiniqishga, balki o‘zaro hurmat, birdamlik va jipslikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shunday musobaqalar orqali biz sog‘lom, faol va maqsadga intiluvchan avlodni tarbiyalaymiz.” Musobaqalar jarayoni davom etmoqda va eng yaxshi jamoalar final bosqichiga yo‘l olish uchun kuch sinashmoqda.