“Tozalik oyligi” – ozodalik va obodonlik sari umumxalq harakati!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, 15-oktabrdan boshlab mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq tozalik oyligi boshlandi. Ushbu tashabbus — Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasidagi islohotlarning amaliy ifodasidir.
Mazkur oylikning asosiy maqsadi — tabiatga e’tibor, inson ongida ekologik madaniyat va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, jamiyatda tozalik, ozodalik va tartiblilik muhitini mustahkamlashdir.
Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham “Tozalik oyligi” tadbirlariga tashabbuskorlik bilan start berildi.
Ko‘ngilli talaba-yoshlar va filial xodimlari tomonidan filial binosi atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Bu ezgu tashabbus Prezidentimiz ilgari surgan “Yashil makon” umummilliy harakati g‘oyalari bilan hamohang bo‘lib, yoshlarimizni tabiatni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Filial jamoasi “Tozalik oyligi” doirasidagi ishlarni muntazam ravishda davom ettirish, talaba-yoshlarni atmosfera, suv va yer resurslariga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga da’vat etish orqali sog‘lom, toza va yashil muhitni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
“Toza muhit – sog‘lom jamiyat, obod yurt – farovon hayot kafolati!” degan ezgu g‘oya ostida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ekologik poydevorini yanada mustahkamlamoqda.










скачать dle 12.1