SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Ilmiy salohiyat jozibadorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Ilmiy salohiyat jozibadorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ilmiy salohiyat jozibadorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ilmiy salohiyat jozibadorligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda filial ilmiy bo‘lim xodimlari hamda iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘limi talabalari ishtirok etdi. Ochiq muloqotni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Avezimbetov ochib berdi va boshqarib bordi. U o‘z so‘zida filialda ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yosh tadqiqotchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda ularni innovatsion loyihalarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Muloqot davomida filialda ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish va xorijiy ilmiy grantlarda faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘limi tomonidan talabalarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Start-up” loyihalarini amalga oshirish, yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish va ularning g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur ochiq muloqot yosh olimlar va talabalarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda faol bo‘lishga undash, shuningdek, ilmiy muhitda innovatsion fikrlash madaniyatini shakllantirishga zamin yaratdi.