Qishloq ayollari – yaratuvchanlik, fidoyilik va mehr timsoli
Har yili 15-oktabr sanasida Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, filial rahbariyati, tuman veterinariya bo‘limining ayol xodimlari hamda filial jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ayollarni samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida mamlakatimizda qishloq ayollariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning mehnatini qadrlash va ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga bo‘lgan davlat e’tibori tobora ortib borayotganini ta’kidladi.
Bugungi kunda yurtimizda qishloq ayollarining mehnatini rag‘batlantirish, ularni tadbirkorlik, kasanachilik, chorvachilik va boshqa sohalarga keng jalb etish yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu esa ayollarning nafaqat o‘z oilasida, balki jamiyatda ham faol o‘rin egallashiga zamin yaratmoqda.
Tadbir davomida sohada ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan ajralib turgan ayollar hamda filialda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir ayollar mehnatiga bo‘lgan e’tibor, ularning sa’y-harakatlari, sadoqati va mehr-muhabbatini qadrlashning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.













скачать dle 12.1