SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda o‘qituvchilarining o‘rni va roli muhokama qilindi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda o‘qituvchilarining o‘rni va roli muhokama qilindi
Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda o‘qituvchilarining o‘rni va roli muhokama qilindi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rni va roli” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari X.Abdijaliyev kirish so‘zi bilan ochib, o‘qituvchilarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ezgulik, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalashdagi faol ishtirokini alohida ta’kidladi. Yig‘ilishda kafedralar kesimida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlil qilinib, bu faoliyatning ta’lim sifati va o‘qituvchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlariga — KPI tizimiga ta’siri atroflicha muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, turli ma’naviy uchrashuvlar, kitobxonlik kechalari, ijtimoiy loyihalar hamda talabalar bilan individual ishlash tajribalari namuna sifatida qayd etildi. Shu bilan birga, bu yo‘nalishdagi faoliyatni samarali tashkil etish, uni raqamli tizim orqali muntazam monitoring qilish va natijalarni KPI ko‘rsatkichlariga bog‘lash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilarning nafaqat ilmiy va o‘quv jarayonidagi, balki ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faol ishtiroki ham ularning umumiy kasbiy mahorati, obro‘si va natijadorlik darajasini belgilovchi muhim mezonlardan biri ekanligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida filialda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish, bu jarayonga kafedra jamoalarining mas’uliyatli yondashuvini ta’minlash, shuningdek, o‘qituvchilarning KPI ko‘rsatkichlarini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.