Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktorantura (PhD) yo‘nalishlariga qabul e’lon qilamiz!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali 2025–2026-o‘quv yili uchun stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktorantura (PhD) yo‘nalishlariga qabul e’lon qiladi.
2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha qabul kvotalari quyidagicha belgilanadi:
03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari) – 2 o‘rin
06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi – 2 o‘rin
16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduktsiyasi biotexnikasi – 2 o‘rin
16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinariya-sanitariya ekspertizasi – 1 o‘rin
PQ-184 qaroriga muvofiq ekologiya sohasidagi xotin-qizlar uchun PhD – 1 o‘rin
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Filial direktori nomiga ariza.Qisqacha biografik ma’lumot (ob’ektivka – 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida).Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun).Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.Nashr qilingan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).Pasport nusxasi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa).Til bo‘yicha milliy yoki unga mos xalqaro sertifikat (“B1” daraja, 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi uchun “B2” daraja).Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — http://daraja.ilmiy.uz manzili orqali ro‘yxatdan o‘tilgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Manzil: 230102, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Utepov ko‘chasi, 31-uy.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (61) 224-71-09, (91) 306-82-70, (91) 381-99-61
E-mail: samvminf@edu.uz
Izlanishga intiling, ilmda yuksaling!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali – sizning ilmiy kelajagingiz sari ishonchli qadam!
скачать dle 12.1