Gigiyena madaniyatini oshirishga qaratilgan “Toza qo‘llar” tashabbusi
So‘nggi yillarda aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va tozalik madaniyatini mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu yo‘nalishda “Toza qo‘llar” dasturi asosida turli o‘quv maskanlarida, jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham joylarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida talaba-yoshlar hamda xodimlar o‘rtasida shaxsiy gigiyena madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sanitariya qoidalariga rioya etish madaniyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakilasi G.Reymbayeva filialdagi talabalar turar joylari sharoitlari bilan tanishib, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi holatini o‘rgandi. Joylarda tozalik darajasi, tartib-intizom va gigiyena madaniyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
“Toza qo‘llar” dasturi doirasida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari talabalarda gigiyenik ongni shakllantirish, ularning salomatlikka mas’uliyatli yondashuvini mustahkamlash hamda tozalik madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.






скачать dle 12.1