SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktabrigacha davom etayotgan “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kiberjinoyatlarni oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari X. Abdijaliyev kirish soʻzi bilan ochib, mazkur tadbirning yoshlar xavfsizligini taʼminlashdagi ahamiyatiga toʻxtaldi hamda talabalarga masʼuliyatli va ehtiyotkorona xulq-atvorni targʻib qilish lozimligini taʼkidladi. Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Operativ-qidiruv xizmati — Kiber xavfsizlik boʻlimi xodimi, leytenant A. Xodjaev ishtirokchilarga mavzu boʻyicha atroflicha tushunchalar berdi. U kiber jinoyatlar turlari, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, onlayn maydondagi firibgarlik va xavfsiz internet foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalarni oʻrtoqlashdi. Shuningdek, talabalar uchun xavfli vaziyatlarda qanday choralar koʻrish kerakligi, shikoyat va yordam olish tartiblari ham bayon etildi. Tadbirda talabalarning savollari va muhokamalari oʻrganilib, kiberxavfsizlik masalalariga oid bosqichma-bosqich choralar hamda profilaktika tadbirlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar uchun tarqatma materiallar taqdim etilib, kelgusida oʻtkaziladigan oʻquv-seminarlar va treninglarda faol ishtirok etishga chaqirildi.