60 yosh — hayot maktabi va fidokorona mehnat yillari
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida mehnati bilan jamoaga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimi X.Allaniyozovning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib, tavallud ayyomi egasini samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida X.Allaniyozovning yillar davomida halol va fidokorona mehnat qilganini, jamoada obro‘-e’tibor qozonganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, uning mehnat faoliyatidagi mas’uliyati, sadoqati va tirishqoqligi yosh xodimlar uchun o‘rnak ekanini qayd etdi.
Tadbir davomida filial jamoasi vakillari ham so‘zga chiqib, o‘z samimiy tilaklarini bildirdilar. Ular X.Allaniyozovga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy farovonlik tilab, kelgusida ham sog‘lom va bardam hayot kechirishini istadilar.
Marosim yakunida tavallud ayyomi egasiga sovg‘a-salomlar topshirilib, iliq tilaklar bilan tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.
Bunday e’tibor va ehtiromlar, shubhasiz, fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarga bo‘lgan hurmat ifodasi hamda jamoada mehr-oqibat va samimiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Filial jamoasi nomidan X.Allaniyozovni hayotining qutlug‘ 60 yoshiga yetgan ayyomi bilan chin dildan muborakbod etamiz. Unga umr yo‘lida bardavom sog‘lik, tinchlik va totuvlik, qalb osoyishtaligi hamda har bir kuni shukuh va baxtiyorlikka to‘lsin, degan ezgu tilaklarni izhor etamiz.












скачать dle 12.1