Filialda “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 1-bosqichi boshlandi. Tadbir yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy, maʼnaviy va ijodiy faolligini oshirishga qaratildi.
Mazkur olimpiada Prezident ilgari surgan “Yoshlar besh tashabbusi” doirasida tashkil etilib, filialda faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalar uchun o‘zini namoyon etish maydoniga aylandi.
Dastlabki bosqich doirasida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar jarayonida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy ruh va o‘zaro hurmatni namoyon etdilar. Musobaqalar do‘stona muhitda, sport odobi va intizom ruhida o‘tdi.
Filial rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kelgusi bosqichlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning turli sport turlaridan iborat musobaqalarini bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan. “Besh tashabbus olimpiadasi” — yoshlarning salohiyati, g‘ayrati va tashabbuskorligini yuzaga chiqaruvchi, ularni sog‘lom va faol hayot sari chorlovchi muhim dasturdir.
Filialda boshlangan bu jarayon yoshlar qalbida g‘urur, ishonch va yuksak maqsadlar sari intilish tuyg‘ularini mustahkamlab bormoqda.






скачать dle 12.1