Sizni Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasi sizni Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi!
Sana: 2025-yil 17-oktyabr
Joy: filial bosh binosi (Nukus shahri, A.Utepov ko‘chasi, 31-uy)
Mavzu:
“Veterinariyada oziq-ovqat xavfsizligi: biologik xavfsizlik va ekologik barqarorlik masalalari”
Konferensiya sho‘balari:
Veterinariya va qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar;
Ekologik barqarorlik va bioresurslardan samarali foydalanish;
Oziq-ovqat xavfsizligi va sifat nazorati.
Tezislarni topshirish muddati: 12-oktyabr 2025-yil
Badal to‘lovi: 120 000 so‘m
Tezislar Google Scholar bazasida indekslanadi.
Talablar:
3–5 bet (A4 format)
Shrift: Times New Roman, 14 o‘lcham, 1,5 interval
Fayl nomi: Familiya-sho‘ba raqami (masalan: Alimov-2)
Format: .doc yoki .docx
Tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistrlar va bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin.
Materiallarni yuborish va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telegram: @KolyaRozumbetov
Tel: +99899 730-09-37, +99899 086-38-36
скачать dle 12.1