Filialida boshlang‘ich tashkilotning hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir – boshlang‘ich tashkilotning hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev ochib berdi.
U o‘z nutqida bugungi kunda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, davlat siyosatida yoshlar masalasining ustuvor o‘rni, shuningdek, filialda yoshlarga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, filial yoshlar yetakchisi B.Xojabergenov so‘zga chiqib, 2024–2025-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Unda yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirokini ta’minlash, shuningdek, talabalarning iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilgani ta’kidlandi.
Hisobot jarayonida yig‘ilish ishtirokchilari B.Xojabergenovning faoliyatini yuqori baholab, uni yana boshlang‘ich tashkilot yetakchisi etib qayta sayladilar. Shu bilan birga, kelgusidagi faoliyatida dolzarb masalalarga ko‘proq e’tibor qaratish, yoshlarni innovatsion loyihalarga keng jalb etish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ham qayd etildi.








скачать dle 12.1