SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida kiberjinoyatlarga qarshi uchrashuv o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida kiberjinoyatlarga qarshi uchrashuv o‘tkazildi
“Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida kiberjinoyatlarga qarshi uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida mamlakatimizda joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar o‘tkazilayotgan “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor birinchi o‘rinbosari X.Abdijaliyev ochib, talabalarning kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish bugungi davrda dolzarb masala ekanini ta’kidladi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Operativ-qidiruv xizmati kiber xavfsizlik bo‘limi xodimlari – kapitan Sh.Uzakbergenov va leytenant A.Xodjayev, shuningdek, filial profilaktika inspektori kapitan Q.Qayipnazarov ishtirok etdi. Mutaxassislar talabalarga internet tarmoqlarida uchraydigan firibgarlik usullari, kiberjinoyatchilik va zamonaviy kiber tahdidlarning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumot berib, ularni ehtiyotkorlikka chaqirishdi. Shuningdek, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha ham amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni mutaxassislarga murojaat qilib, foydali javoblar olishdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini boyitib, internetdan foydalanishda hushyorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.