SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filial direktori “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filial direktori “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Filial direktori “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
1-oktabr -O‘qituvchilar va murabbiylar bayrami munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori, professor Esimbetov Adilbay Tlepovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot ustozimizning oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlariga berilgan munosib e’tirofdir. Professor Esimbetov Adilbay Tlepovich o‘zining chuqur bilimlari, ilmiy salohiyati va tashabbuskorligi bilan nafaqat filialimiz, balki mamlakatimiz ta’lim tizimi taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda deb o‘ylaymiz. Filial jamoasi nomidan Adilbay Tlepovichni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz. Sizga sog‘lik-salomatlik, bardavom ilmiy izlanishlar va kelgusi faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.