“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlandi
Samarqand davlat veterinariyameditsinasi, chorvachilikva biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda filial jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib, ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
U ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglarga yaratilayotgan sharoitlar hamda ularning yuksak mas’uliyatini ta’kidlab o‘tdi. Bayram mehmonlari ham so‘zga chiqib, yurtimizda ustozlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida fikr bildirdilar.
Tantanali marosimning eng quvonchli daqiqalaridan biri sifatida, filial professori R.Turg‘anbaev O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining 2025-yil 23-sentabrdagi 146-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni tantanali ravishda filial direktori topshirdi. Shuningdek, yaqinda ilmiy daraja olgan ustozlarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi. Filialda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar esa O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda filial rahbariyatining faxriy yorliqlari va diplomlari bilan taqdirlandi.
Bayramning badiiy qismida taniqli san’atkorlar ijrosida kuy va qo‘shiqlar yangradi, iqtidorli talaba-yoshlarning sahnadagi chiqishlari esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Filialda o‘tkazilgan ushbu tadbir yurtimizda ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat, ularning fidokorona mehnatini yuksak qadrlash va e’tirof etishning yorqin ifodasi bo‘ldi.














скачать dle 12.1