Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, biroq 56,7 balldan kam bo‘lmagan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yilida belgilangan baza-to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov miqdorlari quyidagicha belgilandi:
Shifr: 60310101 — Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) — 4 baravar.
Shifr: 60410100 — Iqtisodiyot — 4 baravar.
Shifr: 60410200 — Buxgalteriya hisobi; Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) — 4 baravar.
Shifr: 60810400 — Agronomiya (yem-xashak ekinlari) — 4 baravar.
Shifr: 60810800 — Zooinjeneriya (qorako‘lchilik); Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik); Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) — 4 baravar.
Shifr: 60830100 — Suv bioresurslari va akvakultura — 4 baravar.
Shifr: 60840100 — Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha); Veterinariya meditsinasi; Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari — 4 baravar.
Shifr: 60840200 — Veterinariya farmasevtikasi — 4 baravar.
Shifr: 60840300 — Veterinariya sanitariya ekspertizasi — 4 baravar.
скачать dle 12.1