Talabalar o‘rtasida giyohvandlik va OITSga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi
“Xavfsiz talaba oyligi” doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlarni turli illatlardan asrash, ularning ongida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Jamoat Xavfsizligi Xizmati Jamoat Tartibini Saqlash Boshqarmasi xodimi, kapitan I.Embergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi shifokor-metodisti A.Janibekova, filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov hamda filial talabalari qatnashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga giyohvand moddalar salomatlikka yetkazadigan zararli oqibatlari, ularning kelajak hayotiga ta’siri haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, OITS kasalligining xavfli jihatlari, yuquv yo‘llari va oldini olish choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Mutaxassislar talabalarni hushyor bo‘lishga, hayotiy mas’uliyatni his etishga, salbiy odatlardan yiroqda yurishga chaqirdilar. Ularning ta’kidlashicha, giyohvandlik va OITS muammolari shaxsiy hayot bilan birga, jamiyat barqarorligiga ham jiddiy tahdid tug‘diradi.
Targ‘ibot tadbiri talabalarda ogohlikni kuchaytirib, yuksak ma’naviyatga intilish hamda zararli illatlarga qarshi barqaror hayotiy qarashlarni shakllantirishga yordam berdi.





скачать dle 12.1