SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filialda halollik va shaffoflik tamoyillari targ‘ib qilindi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Filialda halollik va shaffoflik tamoyillari targ‘ib qilindi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib berdi va boshqarib bordi. U chiqishida filial faoliyatida oshkoralikni ta’minlash, har bir jarayonda qonuniylik, mas’uliyat va halollik mezonlariga qat’iy amal etish muhimligini ta’kidladi. Yig‘ilish davomida direktor korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bo‘sh mutaxassisi etib yangi tayinlangan U.Seytmuratovni jamoaga tanishtirdi.
Shu bilan birga, barcha bo‘lim va bo‘linmalarni hamkorlikda faoliyat yuritishga, yangi mas’ul xodim esa o‘z vazifasini sidqidildan bajarishga chorlandi. Mazkur yig‘ilish filialda sog‘lom muhitni shakllantirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.