“Xavfsiz talaba oyligi” doirasida o‘quv mashg‘uloti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Xavfsiz talaba oyligi” tadbirlari doirasida yirik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbirda Nukus shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari mayor A.Mambetsharipov hamda mayor U.Qosjanov ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida yong‘in yuz bergan paytda, shuningdek, turli tabiiy ofatlar sodir bo‘lgan vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi batafsil tushuntirildi. Mutaxassislar o‘z chiqishlarida nafaqat nazariy ma’lumot berdilar, balki barcha jarayonlarni amaliy ko‘rinishda ham ko‘rsatib o‘tdilar.
Talabalarga yong‘in paytida xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yordamga muhtojlarga ko‘mak berish, tezkor xabar berish tartibini to‘g‘ri bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, zilzila, kuchli shamol yoki boshqa tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakat qilish lozimligi amaliy misollar orqali tushuntirildi.
O‘quv mashg‘uloti talabalar ongida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash, og‘ir vaziyatlarda sarosimaga tushmaslik, har bir holatga tayyor bo‘lishni o‘rgatishga qaratildi.
Shu tarzda o‘tkazilgan tadbir filial talabalari uchun katta tajriba bo‘ldi, chunki ular o‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.











скачать dle 12.1